Erdo‘g‘an Yevrodagi mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarga tasalli berdi (video)
Sport
−
07 iyul
15699Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropa chempionati chorak finalida Niderlandiga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng kiyinish xonasiga kirayotgan Turkiya terma jamoasi futbolchilariga tasalli berdi. Bu haqda Turkiyaning hukmron partiyasi xabar berdi.
Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati chorak finalida Niderlandiya terma jamoasi Turk jamoasini mag‘lub etdi. Uchrashuv Berlinda bo‘lib o‘tdi va 2:1 hisobida Niderlandiya foydasiga hal bo‘ldi, unda Stefan de Vrij (70-daqiqa) 2015 yildan buyon ilk bor milliy terma jamoasi safida gol urdi. 76-daqiqada Turkiya terma jamoasi himoyachisi Mert Muldur tomonidan o‘z darvozasiga to‘p kiritildi. 35-daqiqada esa Samet Akaydin Niderlandiya darvozasiga kiritilgan golga mualliflik qilgandi.
O‘yinni Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an stadiondan kuzatdi.
“Janob Prezident o‘yindan keyin kiyinish xonasida futbolchilar bilan uchrashdi”, deyiladi partiyaning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
E’tiborlisi, taqdim etilgan fotosuratlarda Erdo‘g‘an kiyim almashtirish xonasida “kulrang bo‘ri” ishorasi uchun UEFA tomonidan avvalroq diskvalifikatsiya qilingan futbolchi Merih Demiral bilan ham ko‘rishgani aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an milliy terma jamoani stadionda qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ozarbayjonning Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti Davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish dasturini bekor qilgandi.
LiveBarchasi