Erdo‘g‘an yana bir Markaziy Osiyo davlati rahbarini inauguratsiyasiga taklif qildi
Olam
−
02 iyun 2023
12430Kecha, 1 iyun kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti saytida ma’lum qilindi.
Aytilishicha, Sadir Japarov Rajab Toyib Erdo‘g‘anni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, turk xalqiga yanada farovonlik va taraqqiyot tilagan.
O‘z navbatida, Turkiya Prezidenti samimiy tilaklar uchun minnatdorlik bildirib, Sadir Japarovni inauguratsiya marosimiga taklif qilgan. Davlat rahbarlari Qirg‘iziston-Turkiya ikki tomonlama hamkorligining dolzarb yo‘nalishlari va qo‘shma hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimining ehtimoliy sanasi va unga taklif qilinadigan mehmonlar ro‘yxati tuzilayotgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, Turkiya Prezidenti o‘zining g‘alabasini xorijlik mehmonlar bilan nishonlashi kutilayotgani aytildi. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ham inauguratsiya marosimida qatnashish uchun Turkiyaga taklif etilgani ma’lum qilingan.
LiveBarchasi