Mirziyoyev Erdo‘g‘anning inauguratsiyasiga boradi
Jamiyat
−
01 iyun 2023 9586 1 daqiqa
O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 3 iyun kuni Turkiya Respublikasining saylangan Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimida qatnashish uchun Anqara shahriga boradi.
Aytish joizki, 28 may kuni Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi o‘tkazilgan va unda amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an 52,18% ovoz bilan g‘alaba qozongandi. Shu kunning o‘zidayoq Prezident Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni ishonchli, tarixiy g‘alabasi bilan samimiy qutlagandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimining ehtimoliy sanasi va unga taklif qilinadigan mehmonlar ro‘yxati tuzilayotgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, Turkiya Prezidenti o‘zining g‘alabasini xorijlik mehmonlar bilan nishonlashi kutilayotgani aytildi. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ham inauguratsiya marosimida qatnashish uchun Turkiyaga taklif etilgani ma’lum qilingan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr