Erdo‘g‘an uni diktator degan Bosh vazirga javob qaytardi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an uni diktator deb atagan Italiya Bosh vaziri Mario Dragiga javob qaytardi. 

"Italiya Bosh vazirining bayonoti haqiqiy odobsizlik va qo‘pollikdir", degan Erdo‘g‘an. 

Avvalroq, Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Yevropa Komissiyasi rahbari Ursule fon der Lyayenning o‘rindig‘i bilan bog‘liq vaziyatdan keyin Turkiya rahbari Erdo‘g‘anni tanqid qilgan edi. Dragi, shuningdek, Erdo‘g‘anni diktator deb atagandi.  

So‘ng, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anni diktator deb atagan Italiya Bosh vaziri Mario Dragining so‘zlariga javob qaytargandi.  

Shuningdek, Turkiya Italiyaning Leonardo kompaniyasidan o‘quv vertolyotlarini sotib olish bo‘yicha 70 million yevrolik shartnomani to‘xtatib qo‘ygandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Erdo'g'an

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing