Italiya Taşqi işlar vazirining şaxsiy ma’lumotlari darknetda tarqaldi
Olam
−
12:55 336 2 daqiqa
Italiya Taşqi işlar vaziri Antonio Tayani şaxsiy ma’lumotlari darknetda tarqatilgani va özi hamda oilasiga tahdidlar bölayotganini ma’lum qildi. Italiya Boş vaziri Jorja Meloni hodisaga Rossiya tarafdori bölgan xakerlar aloqador bölişi mumkinligini bildirdi. Bu haqda DW xabar berdi.
Tayanining sözlariga köra, kiberjinoyatçilar bir neça kundan beri uning şaxsiy ma’lumotlarini darknetda tarqatmoqda. Şuningdek, ular vazir va uning yaqinlari haqida qöşimça ma’lumot töplaşga urinmoqda. Hatto ular Tayani va oila a’zolari haqida ma’lumot berganlarga pul taklif qilmoqda.
“Kiberjinoyatçilar menga nisbatan yangi tahdidlar va qörqitişlarni amalga oşirmoqda. Ular bunga oilamni ham jalb qilmoqda”, deb yozdi vazir X ijtimoiy tarmoğida.
Biroq u aynan qanday şaxsiy ma’lumotlar tarqatilganiga aniqlik kiritmagan.
Vazirning fikriça, bu hodisa Italiya hukumatining Ukrainani qöllab-quvvatlaşi hamda Taşqi işlar vazirligi axborot tizimlarini himoya qiliş böyiça olib borayotgan işlari bilan boğliq bölişi mumkin.
Tayanining aytişiça, joriy yilning 1 yanvardan boşlab vazirlikda kiberxavfsizlik böyiça maxsus bölinma faoliyat yuritmoqda. U duşman davlatlar bilan boğliq bölişi mumkin bölgan tuzilmalarning kiberhujumlariga qarşi kuraşadi.
Italiya Boş vaziri Jorja Meloni esa vazirni qöllab-quvvatlab, maxfiy ma’lumotlarni sotişga urinişlar jiddiy xavotir uyğotayotganini bildirdi. Uning fikriça, hodisa Rossiya tarafdori bölgan xakerlar faoliyati bilan boğliq
“Reuters” agentligi özi tanişgan skrinşotlarga tayanib xabar berişiça, Tayanining surati Rossiya Federatsiyasiga nisbatan duşmanona munosabatda bölgan 18 nafar fuqaro röyxatida aks etgan. Uşbu röyxatga kiberxavfsizlik mutaxassislari ham kiritilgan. Ma’lumotlar Tor tarmoği orqali foydalaniladigan darknet bölimi monitoringi davomida aniqlangan. Hozirda hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Ta’kidlanişiça, hozirça Rossiya rasmiylari uşbu holat yuzasidan izoh bermagan. Moskva avval ham xorijdagi kiberhujumlarga aloqadorlik haqidagi ayblovlarni bir neça bor rad etgan
Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myonning Yevropa safarida qatnaşgan 168 kişiga oid şaxsiy ma’lumotlar pulli internet resurslardan biriga joylaştirilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr