Erdöğanning işongani moliyaviy firibgarlik sabab hibsga olindi

Tahlil

−

image

Turkiyaning sobiq oila va ijtimoiy siyosat vaziri, “Adolat va taraqqiyot partiyasi” (ATP) sobiq rais örinbosari Fatma Betul Sayan Kaya fondlar bilan boğliq moliyaviy tergov doirasida hibsga olindi. Bu haqda “TRT Haber” xabar berdi.

Naşrga köra, Kaya Turkiyaning “Kapital bozori töğrisida”gi qonunini buziş hamda jinoyat sodir etiş maqsadida tuzilgan taşkilotga a’zo bölişda gumon qilinmoqda. Uning turmuş örtoği Ilyos Kaya ham mazkur iş doirasida gumonlanuvçi sifatida söroq qilingan. Ilyos Kaya rafiqasi singari “Özata Denizçilik” kompaniyasi aksiyalarini sotib oliş va sotiş operatsiyalarini amalga oşirgan. Tergov aynan şu bitimlar hamda ulardan tuşgan mablağlar harakatini örganmoqda.

Mazkur işga aloqador yana bir şaxs – Ibrohim Ömer Gönul esa Turkiya Kapital bozori kengaşining (TKBK) sobiq raisi hisoblanadi. U ham fondlar bilan boğliq moliyaviy operatsiyalar yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida gumonlanuvçi sifatida söroq qilingan. Biroq uning Kaya bilan bevosita qanday aloqasi borligi yoki aynan qaysi harakatlarda gumon qilinayotgani haqidagi tafsilotlar hozirça oçiqlanmagan.

Sud qaroriga köra, har ikki şaxs – Ilyos Kaya va Ömer Gönul muntazam ravişda tegişli organlarga kelib imzo qöyişi va mamlakatdan çiqmasligi şarti bilan ozod qilingan.

Istanbul Boş prokuraturasi huzuridagi “Terrorizmni moliyalaştiriş va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş” bölimi tomonidan olib borilayotgan tergov doirasida Fatma Betul Sayan Kaya bugun, 6 noyabr kuni ikkinçi bor söroq qilingan. Şundan söng, u hibsga oliş töğrisidagi iltimosnoma bilan sudga yuborilgan. Sulh sudi prokuratura talabini qanoatlantirib, Kayani hibsga oliş haqida qaror çiqargan.

Özi nima bölgan?

Mazkur tergovga Kaya va uning turmuş örtoğining “Özata” dengizçilik sanoati va savdo aksiyadorlik jamiyati (ÖZATD) kompaniyasi aksiyalari bilan boğliq operatsiyalari sabab bölgan.

Oçiq ma’lumotlarga köra, Fatma Betul Sayan Kaya 2026 yilning 8 aprel kuni kompaniyaning qariyb 250 ming lot aksiyasini 63,359 million liraga sotib olgan. Uning turmuş örtoği Ilyos Kaya esa taxminan 150 ming lot aksiya uçun 99,687 million lira sarflagan. Şu tariqa, er-xotinning aksiyalarga kiritgan jami mablaği 163,046 million lirani taşkil etgan. 

Keyinçalik uşbu aksiyalarni sotiş orqali Fatma Betul Sayan Kaya taxminan 1,344 milliard lira, uning turmuş örtoği esa 826 million lira olgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Umumiy hisobda, operatsiyalar orqali qariyb 2,17 milliard lira mablağ çiqarilgan.

Mazkur operatsiyalar sentyabr oyida, Turkiyada 131 ta investitsiya fondni tugatiş bilan boğliq qarorlar va moliyaviy bozorlar atrofidagi mojaro avj olgan davrda jamoatçilik e’tiboriga tuşdi.

Prokuraturaning sudga taqdim etgan hujjatida qayd etilişiça, Fatma Betul Sayan Kaya joriy yilning aprel oyida sotib olgan ÖZATD aksiyalarini 16 sentyabr kuni “Tera Investitsiya qimmatli qoğozlar” kompaniyasiga virman, ya’ni bir hisobvaraqdan boşqa hisobvaraqqa ötkaziş orqali topşirgan.

Kompaniya aksiyalarni sotişdan tuşgan mablağni aynan şu kuni Kaya hisobvarağiga ötkazgan. Fondlarni tugatiş töğrisidagi qaror esa 17 sentyabr kuni qabul qilingan. Prokuratura hujjatida uşbu operatsiyaning vaqti alohida şubhali holat sifatida körsatilgan. Çunki ÖZATD aksiyalari böyiça odatiy hisob-kitob muddati T+2, ya’ni sotuvdan keyin ikki iş kuni bölişiga qaramay, Kayaga tegişli aksiyalar T+0 tartibida, vositaçilik kompaniyasiga ötkaziş orqali rasmiylaştirilgan va mablağ şu kunning özida hisobga tuşgan.

Şuningdek, Kapital bozori kengaşi (KBK) tomonidan tayyorlangan hisobotda Kaya ommaga oşkor qilinmagan, aksiya narxi va investorlar qarorlariga ta’sir körsatişi mumkin bölgan ma’lumotlarga ega bölgan bölişi mumkinligi qayd etilgan. Prokuratura Tera guruhi tarkibidagi kompaniya va fondlar ham ÖZATD aksiyalarini katta miqdorda sotib olganini aniqlagan. Kaya esa Tera guruhi rahbarlaridan Erdin Özel bilan avvaldan taniş bölganini va investitsiya davrida u bilan tez-tez uçraşganini bildirgan. Şuningdek, guruh direktorlar kengaşi raisi Emre Tezmen bilan ham muloqot qilganini aytgan.

Prokuratura uşbu aloqalar, investitsiya miqdori va aksiyalarni topşiriş vaqtini birgalikda baholab, Kaya fondlarni tugatiş töğrisidagi qarordan oldindan xabardor bölgan bölişi mumkinligini ilgari surmoqda.

Fatma Betul Sayan Kaya va uning turmuş örtoği 7 oktyabr kuni bergan dastlabki körsatmalarida özlariga qöyilgan ayblovlarni rad etgan. Kaya investitsiya qarorini mustaqil qabul qilganini, heç kim unga yöl-yöriq körsatmagani va maxsus ma’lumot bermaganini bildirgan. Ilyos Kaya esa 2026 yilning aprel oyida taxminan 150 ming lot aksiya sotib olgani, ularning bir qismini avgustda, qolganini sentyabrda sotganini aytgan. U operatsiyalar qonunçilik doirasida amalga oşirilganini va manipulyatsiyaga yöl qöymaganini ta’kidlagan.

Er-xotin investitsiyalardan olingan daromad sifatida körilgan mablağlarni Omonatlarni suğurtalaş fondi (OSF) körsatgan hisobvaraqqa ötkazişga rozi bölgan. 5 oktyabr kuni Kaya juftligining dastlabki investitsiya kapitalidan taşqari qariyb 1 milliard 860 million lirani OSFga qaytariş jarayoni boşlangan. Uşbu mablağlarni yetti bankdagi hisobvaraqlardan “Birlaşgan fond banki” hisobvarağiga ötkaziş uçun prokuratura tomonidan tegişli körsatmalar berilgan.

Biroq mablağning qaytarilişi operatsiyalar qonuniy bölganini anglatmaydi. Tergov organlari aksiyalar savdosida maxfiy ma’lumotlardan foydalanilganmi yoki yöqligini örganişda davom etgan.

Kaya kim?

Fatma Betul Sayan Kaya avvalroq Turkiya siyosatida yuqori lavozimlarni egallagan. U 2016 yilda Binali Yildirim hukumatida Oila va ijtimoiy siyosat vaziri etib tayinlangan. Keyinçalik Istanbul deputati bölgan va “Adolat va taraqqiyot partiyasi” (ATP) rahbariyatida faoliyat yuritgan. 2026 yilning sentyabrida u partiya rais örinbosari lavozimida işlayotgan edi. Fondlar bilan boğliq mojaro ortidan Kaya avval partiyadagi rahbarlik lavozimidan iste’foga çiqqan. 7 oktyabr kuni esa ATP Boş kotibi Eyyup Qodir Inan uning endilikda partiya a’zosi ham, vakili ham emasligini ma’lum qilgan.

Kaya qanday jazoga tortilişi mumkin?

Fatma Betul Sayan Kayaga qöyilgan ayblovlardan biri – ommaga oşkor qilinmagan ma’lumotlardan foydalanib, kapital bozorida manfaat köriş. Turkiyaning “Kapital bozori töğrisida”gi qonuni 106-moddasiga köra, bunday qilmiş uçun 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki sud tomonidan belgilanadigan pul jarimasi nazarda tutilgan. Pul jarimasi tayinlangan taqdirda, uning miqdori olingan manfaatning kamida ikki baravarini taşkil etişi kerak.

Ikkinçi ayblov – jinoyat sodir etiş maqsadida tuzilgan taşkilotga a’zo böliş. Turkiya Jinoyat kodeksining 220-moddasida uşbu jinoyat uçun 2 yildan 5 yilgaça qamoq jazosi belgilangan. Agar sud Kayani har ikki ayblov böyiça ham aybdor deb topsa va birinçi ayblov uçun ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlasa, nazarda tutilgan jazolar yiğindisi 5 yildan 10 yilgaça bölişi mumkin.

Hozirça bu muddatlar qonunda nazarda tutilgan jazo çegaralari bölib, Kayaning aybi sud tomonidan isbotlanmagan. Unga nisbatan tergov va sud jarayoni davom etmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing