Erdo‘g‘an kimning tarafidaligini aytdi
Olam
−
24 iyun 2023
29376Bugun, 24 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
Keltirilishicha, Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga qurolli isyonga urinish bilan bog‘liq mamlakatdagi vaziyat haqida ma’lumot bergan.
Shuningdek, Erdo‘g‘an Putinning har qanday qadamlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirishini aytgan.
Avvalroq, Vladimir Putin Qozog‘iston, O‘zbekiston va Belarus rahbarlari Qosim-Jomart To‘qayev, Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qilib, suhbatdoshlarini vaziyat haqida xabardor qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab olgandi. Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Buning ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” hujum otryadlari jangchilariga, Prezident Vladimir Putin esa rossiyaliklarga murojaat bilan chiqdi. Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini ogohlantirdi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar