Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashmoqchi
Olam
−
07 Oktabr 2022
4274Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 7 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki davlat munosabatlarini muhokama qilish uchun yaqin kunlarda uchrashishni xohlayapti.
“Men uni tabriklamoqchi edim (Putin – tahr.) va u esa hozirgi jarayondagi vositachiligimiz uchun minnatdorlik bildirdi. Bundan tashqari, 3-4 kun ichida munosabatlarimiz haqida batafsil uchrashuv o‘tkazsak yaxshi bo‘lardi. Agar janob Putin Osiyo muzokaralariga kela olsa, biz ikki tomonlama muzokaralar olib borishimiz mumkin, shuningdek, Rossiya va Ukraina bo‘yicha muzokaralar olib borishimiz mumkin. Bizda kelishuvlar bor. Biz telefon orqali ham, Osiyoda ham muloqot qilamiz”, deydi Erdo‘g‘an Juma namozidan keyin jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 oktyabr kuni Erdo‘g‘an Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot chog‘ida tomonlar Ukrainadagi so‘nggi voqealar haqida fikr almashgani aytildi.
Ma’lumot uchun, Erdo‘g‘an va Putin oxirgi marta Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotining davlat rahbarlari sammiti doirasida uchrashgandi.
LiveBarchasi