Erdo‘g‘an Ozarbayjonda turk harbiy bazasi ochilishi mumkinligini aytdi
Olam
−
17 iyun 2021
4456Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ozarbayjon bilan imzolangan Shusha deklaratsiyasi doirasida ushbu mamlakat hududida Turkiya Qurolli Kuchlarining harbiy bazasini tashkil etilishi mumkinligini inkor qilmadi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Bu [harbiy baza ochish varianti] deklaratsiya bandlaridan tashqarida emas. Bu masala rivojlanishi mumkin. Bu mavzu Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning maslahatlashuvlari davomida rivojlanishi mumkin. Bizning muzokaralarimiz jarayonida ham u amalga oshirilishi mumkin”, deydi Erdo‘g‘an.
Turkiya yetakchisi, shu bilan birga, “hozirgi paytda birinchi darajali vazifa butun Ozarbayjonning chegara bo‘ylab kafolatlari [xavfsizligini] ta’minlash va uni muhofaza qilish ekanligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an 15-16 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ldi. U Prezident Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazib, o‘tgan yili harbiy harakatlar natijasida ozod qilingan Shushadagi qator ob’ektlar bilan tanishdi.
Ikki davlat rahbari ittifoqchilik to‘g‘risidagi Shusha deklaratsiyasini imzoladi. Endilikda ikki davlat Xavfsizlik kengashlari muntazam ravishda qo‘shma yig‘ilishlar o‘tkazadi va tomonlardan birigi uchinchi davlat tahdid qilgan taqidirda birgalikda javob qaytaradi.
LiveBarchasi