Erdo‘g‘an Liviyaga harbiy yuborish boshlanganini ma’lum qildi

Olam

image
Erdo‘g‘an: Turkiya Liviyaga harbiylar yuborishga tayyor north_east

Erdo‘g‘an: Turkiya Liviyaga harbiylar yuborishga tayyor

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Liviyaga harbiylar jo‘natish boshlanganini ma’lum qildi. Bundan birnecha kun avval parlament harbiylar yuborishga rozilik bergandi.

“Bizning askarlarimizning majburiyati – muvofiqlashtirish. Ular tezkor harakat markazni rivojlantiradi. Askarlarimiz sekin asta ketyapti”, degan Erdo‘g‘an CNN Turk telekanali efirida.

Askarlar Liviya poytaxti Tripolida joylashgan Faiz Sarroj rahbarligidagi Milliy birdamlik hukumatiga (MBK) yordam beradi. Shuningdek, yuqori martabali turk harbiylari Liviyadagi harbiy kuchlarni muvofiqlashtiradi va joylarda mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda general Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi Tripolini egallash uchun jang olib boryapti. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, ularni Rossiya qo‘llab-quvvatlayapti. Erdo‘g‘an Liviyada “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 2,5 ming nafar askari LMA tarafda faoliyat olib borayotganini ta’kidlagandi.

Liviyadagi vaziyat

2011 yilda Liviyada Muammar Qazzofi hokimiyati ag‘darilib, o‘zi o‘ldirilgach mamlakatda siyosiy inqiroz boshlangan. Liviyada hozirgacha qo‘shhokimiyatchilik hukm suradi.

Sharqda saylangan parlament hokimiyati o‘rnatilgan bo‘lsa, Tripoli va g‘arbni BMT hamda Yevropa Ittifoqi ko‘magida shakllantirilgan Faiz Sarroj boshliq Milliy birdamlik hukumati boshqaradi.

Sharqdagi hukmron doiralar rasmiy Tripolidan mustaqil va LMA qo‘mondoni Haftar bilan hamkorlik qiladi. Xalifa Haftar jangarilar bilan eng uzoq davom etgan urushga boshchilik qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Turkiya-Liviya

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing