Kurs UZS

USD

12 969.56

-10.77

EUR

14 768.44

-10.96

RUB

157.09

2.58

Eng uzun soqolli ayol mo‘ylovi bo‘yicha ham rekord o‘rnatdi (video)

Bu qiziq

image

AQSH fuqarosi eng uzun soqol va eng uzun mo‘ylovga ega ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Erin Xonikatt eng uzun mo‘ylovli (31 sm), shuningdek, eng uzun soqolli ayol (30 sm) sifatida rekord o‘rnatgan.

Aniqlanishicha, ayol hech qanday qo‘shimchalar yoki gormonal dorilarni qabul qilmagan. Uning soqoli 13 yoshida “polikistik tuxumdon sindromi” deb ataladigan kam uchraydigan kasallik tufayli o‘sa boshlagan.

Ilgari, ayol kuniga kamida uch marta soqolini olgan. Biroq, bir necha yil oldin u insult tufayli ko‘rish qobiliyatining bir qismini yo‘qotgan. Keyinroq shifokorlar Erinda bakterial infeksiya borligini aniqlagan va uning oyog‘ini kesib tashlagan. 38 yoshli Xonikattning aytishicha, unga har kuni soqolini olish qiyin bo‘lgan. Bu esa soqol o‘stirishga turtki bo‘lgan.

O‘zbek ayoli dunyoning “100 ayoli” ro‘yxatiga kirdi north_east

O‘zbek ayoli dunyoning “100 ayoli” ro‘yxatiga kirdi

U oxirgi ikki yildan ortiq vaqt davomida soqolini olmagan.

Ma’lumot uchun, eng uzun soqolli ayol maqomi 75 yoshli amerikalik Vivian Uilerga tegishli edi. U 25 santimetr uzunlikdagi soqolini o‘stirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgust oyida dunyo ayollari ichida eng uzun soqolga ega bo‘lgan amerikalik Erin Xonikatt Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh rekord Ginnes soqolli ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing