Eng sovrindor futbolchi uchun APLning ikki klubi davogar
Sport
−
16 iyul 2019
373436 yoshli braziliyalik futbolchi Dani Alvesh o‘z faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda o‘ng qanot himoyachisiga Londonning “Arsenal” va “Manchester Siti” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal”ning o‘ng qanot himoyachisi Ektor Belerin o‘tgan mavsum o‘rtasida jiddiy jarohat olgan edi. Ayni paytda futbolchi hali ham jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lganicha yo‘q. Shu sababdan londonliklar uning o‘rniga Dani Alveshni taklif etishmoqchi.
“Manchester Siti”da o‘ng qanotda Kayl Uoker va Danilo kabi futbolchilar mavjud. Ammo, Xosep Gvardiola sobiq shogirdi Alveshning potensial imkoniyatlarini juda yaxshi bilgani bois uni ham o‘z tarkibida bo‘lishini xohlamoqda.
Ma’lumot uchun, Dani Alvesh ayni paytda dunyoning eng sovrindor futbolchisi hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida jami 40 ta sovrinni boshi o‘zra baland ko‘targan.
Braziliya terma jamoasi futbolchisi o‘tgan mavsumda PSJ tarkibida Liga 1 o‘yinlarida 23 bor madonga tushib, 1ta gol kiritgan va 7 golga hammualliflik qilgan.
LiveBarchasi