Eng ko‘p milliarder yashaydigan shahar nomi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Xitoy poytaxti Pekin ilk bor dunyodagi eng ko‘p milliarderlar bo‘lgan shaharga aylandi. Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda. 

"Forbes"ning milliarderlar ro‘yxatiga ko‘ra, 2020 yil oxiriga kelib Pekinda 100 nafar milliarder yashagan, bu Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi milliarderlar sonidan bitta ko‘pdir. 

Yil davomida Xitoy poytaxtida 33 nafar yangi milliarder paydo bo‘lgan, Nyu-Yorkda esa atigi 7 nafar. 

Shu bilan birga, Pekin aholisi 21 million kishini tashkil etadi, bu 8,4 million aholisi bo‘lgan Nyu-Yorkka nisbatan 2,5 baravar ko‘pdir. 

Pekinning eng badavlat fuqarosi TikTok ijtimoiy tarmoq saytiga egalik qiluvchi bosh kompaniya - ByteDance asoschisi Chjan Iminning boyligi 35,6 milliard dollarni tashkil etadi. 

Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumberg 59 milliard dollarlik boyligi bilan o‘z shahrining eng boy odamidir. 

Pekindan tashqari dunyoning eng ko‘p milliarderlari bo‘lgan o‘nta shaharlar qatoriga Xitoyning yana to‘rtta shahri kiradi. 

Shunday qilib, 80 nafar boy odam bilan Gonkong uchinchi, 68 nafar bilan Shenchjen beshinchi, 64 nafar bilan Shanxay oltinchi o‘rinni egallagan.  

Ma’lumot o‘rnida, AQSH dunyodagi eng ko‘p milliarderlari bo‘lgan mamlakatlar reytingida 724 nafar milliarder bilan yetakchi bo‘lib qolmoqda. 

Xitoy 698 nafar milliarder bilan ikkinchi o‘rinda turadi. 

Keyingi o‘rinlardan Hindiston (140), Germaniya (136) va Rossiya (117) joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Pekin

Baholaganlar

606

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing