Eng ishonchli dvigatelga ega avtomobillar ma’lum bo‘ldi 

Texnologiya

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining “CarMD INDEX” kompaniyasi mutaxassislari joriy yil yakunida eng ishonchli dvigatelga ega bo‘lgan avtomobillar reytingini tuzdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, mutaxassislar tadqiqot uchun 1996-2020 yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan 15,5 milliondan ortiq avtomobil ma’lumotlarini tahlil qilgan. Tadqiqotda dvigatel nosozligi va uni tekshirish zarurligini ko‘rsatuvchi indikator chastotasi taqqoslangan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Mitsubishi Motors ishlab chiqargan avtomobil dvigatellari eng bardoshli, deb topilgan. Mercedes-Benz avtomobillari ushbu reytingning ikkinchi pog‘onasidan o‘rin olgan. Kuchli uchlikni Volkswagen avtomobillari yakunlab bergan. Shuningdek, mos ravishda Buick Motor Company va Ford avtomobillari to‘rtinchi va beshinchi o‘rinda qayd etilgan. 

Bundan tashqari, mutaxassislar Mazda, BMW, GMC, Subaru va Cadillac dvigatellarini ham ishonchliligini ta’kidlagan.

Avtomobil rusumlari orasida 2018 yilgi Toyota Tacoma yetakchiga aylandi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni 2015 yilgi Honda CR-V va 2018 yilgi Toyota Camry egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Mercedes-Benz BMW Avtomobil'

Baholaganlar

405

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing