Avtomobil boshqargan maktab o‘quvchisining otasi jazolandi (video)
Jamiyat
−
13:54 665 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan maktab o‘quvchisining avtomobil boshqarayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, o‘rganishlar davomida avtomobil boshqargan shaxs So‘x tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi ekani aniqlangan. Transport vositasi esa uning otasiga tegishli bo‘lgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan o‘quvchining otasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda 135-moddasi (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, ota bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahrida 15 yashar maktab o‘quvchisi VAZ-2107 avtomashinasini katta tezlikda boshqarib, YPX xodimlarining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmagani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr