Eng boy arab davlatlaridan birida Hukumat iste’foga chiqdi
Olam
−
06 dekabr 2020
10706Kuvayt amiri Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh bugun, 6 dekabr kuni mamlakat hukumatining iste’fosini qabul qildi. Bu haqda Kuvaytning CUNA axborot agentligi xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, davlat rahbari "bosh vazir va barcha kabinet a’zolarining iste’fosini qabul qilgan". Shuningdek, Amir yaqin vaqtgacha amalda bo‘lgan hukumatga yangi kabinet tuzilguncha o‘z ishini davom ettirish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.
Hukumatning iste’foga chiqarilishi kecha, 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan mamlakat Milliy Assambleyasi (parlamenti) ga saylovlardan so‘ng amalga oshdi.
Kuvaytning bir palatali parlamenti 50 deputatdan iborat bo‘lib, ular to‘rt yilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy saylov huquqi bilan saylanadi. Shuningdek, uning tarkibiga maslahat vazifasini bajaruvchi va qonun chiqaruvchi organ tarkibining uchdan bir qismidan oshmasligi kerak bo‘lgan vazirlar ham kiradi.
Kechagi ovoz berish natijalariga ko‘ra, avvalgi Milliy Assambleyadan 50 nafar qonun chiqaruvchidan atigi 19 nafari yana o‘z joyini egallaydi. 28 nafar ayol nomzoddan hech biri amirlikning yangi parlamentiga kira olmadi.
Ma’lumot o‘rnida, Kuvayt – Fors ko‘rfazidagi kichik davlat. U o‘zining katta neft zaxiralari tufayli dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri hisoblanadi.
LiveBarchasi