“Tarixdagi eng yomon muxolifat”. Ispaniya Bosh vaziri parlamentni tarqatib yubordi

Olam

−

image

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches uy-joy sharoitiga qarshi norozilik to‘lqini fonida parlamentni tarqatib yubordi va joriy yilning 29 noyabriga muddatidan ilgari umumiy saylovlar o‘tkazilishini tayinladi. Bu haqda “Brussels Signal” xabar berdi.

“Hukumat kelishuvlarga erishishni xoinlarcha harakat bilan adashtiradigan nihoyatda ziddiyatli parlament bilan, shuningdek, saylovchilarning qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lmagan holda Ispaniya kelajagiga ta’sir o‘tkazishni xohlaydigan nufuzli iqtisodiy va ijtimoiy elita bilan muomala qilishiga to‘g‘ri keldi”, deydi Sanches. 

Uning fikricha, hokimiyat mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamagan “tarixdagi eng yomon muxolifat” bilan ishlagan.

“Ispaniya xalqi o‘zlari va o‘z mamlakatlari uchun qanday kelajakni xohlashlarini hal qilish vaqti keldi”, deydi u.

Nomzodlarni ko‘rsatish uchun Ispaniya qonunchiligi saylovlar rasman e’lon qilinganidan keyin 15 kundan 20 kungacha bo‘lgan muddatni ko‘zda tutadi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 2 oktyabr kuni mamlakat parlamenti hukumatning uy-joy inqiroziga qarshi kurashish bo‘yicha qonun loyihalarini rad etdi. Tashabbus zaif qatlamga mansub ijarachilarni ko‘chirib yuborishga 2030 yilgacha moratoriy joriy etish va ijara shartnomalarini uzaytirishni ko‘zda tutadigan edi. Markazchi-o‘ngchi Xalq partiyasi (Partido Popular), o‘ngcha radikal “Vox” va Kataloniyaning “Junts” partiyasi bunga qarshi chiqdi.

Ispaniyada uy-joy atrofidagi siyosiy inqiroz imkoniyati cheklangan 87 yoshli ayolning ko‘chirib yuborilishidan so‘ng yanada keskinlashdi, bu esa ko‘cha namoyishlariga va Madrid markazida norozilik lagerining paydo bo‘lishiga olib keldi. 3 oktyabr kuni uy-joyning yuqori narxiga qarshi ommaviy aksiyalar poytaxt va mamlakatning boshqa shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

Bir necha oy davomida Sanchesning Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi (PSOE) so‘rovnomalarda ortda qolayotgan edi. “SocioMetrica” ma’lumotlariga ko‘ra, Sanches siyosatini 26,8 foiz aholi ma’qullaydi. Uning o‘rtacha reytingi 10 dan 2,85 ni (o‘z saylovchilari orasida 6,15) tashkil etadi. NC Report/La Razon ma’lumotlariga ko‘ra, Sanchesning reytingi 10 dan qariyb 3,4 ni tashkil etgan.

So‘rovnoma ma’lumotlariga ko‘ra, PSOE 25,9 foiz – 27,6 foiz ovoz olishi mumkin, o‘ngchilar bloklari – PP va Vox esa birgalikda 50 foizdan ortiq ovoz to‘plagan. 

Sanchesning vakolat muddati 2027 yilning iyul oyida tugashi kerak edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing