Armaniston parlamentida deputatlar yana muştlaşib ketdi (video)

Olam

−

image

Bugun, 29 oktyabr kuni Armaniston Milliy majlisida bölib ötgan majlisda hukmron “Fuqarolik şartnomasi” partiyasi va muxolifatdagi “Kuçli Armaniston” fraksiyasi deputatlari örtasida ommaviy muştalaşuv sodir böldi. Oqibatda parlament majlisini töxtatişga töğri keldi. Bu haqda “Sputnik Armaniston” xabar berdi.

Qayd etilişiça, nizo Hisob palatasi a’zoligiga nomzod muhokamasi çoğida kelib çiqqan. Hukmron partiya deputati Taron Çaxoyan muxolifat fraksiyasi rahbari Narek Karapetyanning oilasini keskin tanqid qilgan. Xususan, Karapetyanning jiyani tomonidan avvalroq ayollar ehtiyojlarini qondiriş uçun alohida vazirlik taşkil etişni taklif qilgan şov-şuvli bayonotini eslatib ötgan.

Bunga javoban Narek Karapetyan öz joyidan e’tirozlar bildira boşlagan, şundan söng minbar tomon yuriş qilgan. Deputatlar örtasida dahanaki jang boşlangan va u tezda muştalaşuvga aylanib ketgan. Janjalga boşqa deputatlar ham qöşilgan.

Nizo davomida Taron Çaxoyan va muxolifat deputati Garnik Davtyan bir-birlariga zarbalar berişni boşlagan. Majlisning boşqa iştirokçilari uruşayotganlarni ajratişga uringan. Majlisda raislik qilayotgan parlament vitse-spikeri Ruben Rubinyan dastlab hammasiga barça guvoh bölişi kerakligini aytib, tanaffus e’lon qilişdan boş tortgan.

Biroq muştalaşuv ommaviy tus olganidan söng majlis majburan töxtatilgan. Zalga xavfsizlik xizmati xodimlari çaqirilgan. Armaniston OAVlarining ma’lumotlariga köra, janjal oqibatida bir qança deputatlar jarohat olgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston parlamenti yiğilişi “Fuqarolik şartnomasi” deputati Taron Çaxoyan tomonidan Butun armanlar katolikosi Garegin II şa’niga aytilgan ayblovlardan söng navbatdagi marotaba töxtatilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing