Eng boy arab davlati bankrotlik yoqasiga kelib qoldi
Olam
−
07 Sentabr 2020
19600Eng badavlat arab davlatlaridan biri Kuvayt bankrotlik yoqasiga kelib qoldi. 90 foiz daromadi uglevodorod eksportidan keladigan arab davlati
Bunga neft narxining pasayib ketishi sabab bo‘ldi. Fors ko‘rfazidagi boy arab davlatining 90 foiz daromadi uglevodord eksportidan keladi.
Mamlakatda noyabr oyida davlat xizmatchilariga maosh to‘lash bilan muammo yuzaga kelishi mumkin. Zaxira fondi 6,54 mlrd dollarni tashkil qiladi, joriy xarajatlar esa 5,56 mlrd dollarni talab qiladi. Mamlakat Moliya vazirligi 80 foiz ishchilar davlat sektorida band ekanini eslatib o‘tdi.
Mamlakat byudjeti taqchilligi moliya yili yakunlangan 1 aprelda 69 foizni, ya’ni 18,44 mlrd dollarni tashkil qilgan. Milliy bank ushbu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulotning 10 foizini tashkil qilishini ma’lum qilgan. Bungacha byudjet profitsiti 4,8 foizga teng bo‘lgan.
Bloomberg`ning xabar berishicha, Milliy bank prognozlariga ko‘ra Kuvayt byudjeti taqchilligi 46 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin. Bu YAIMning 40 foiziga teng bo‘ladi.
Hukumat va parlament vaziyatdan chiqish uchun turli yo‘llar taklif qilyapti. Moliya vazirligi joriy vaziyatda kelgusi avlodlar uchun mo‘ljallangan 550 mlrd dollar mavjud bo‘lgan zaxira jamg‘armasini qo‘llamaslik kerak deb hisoblamoqda. Vazirlik yevroobligatsiyalar chiqarish tarafdori bo‘lyapti. Parlament esa bunday taklifni rad qildi.
Milliy bank esa tezroq chora ko‘rish kerakligini, byudjet defitsiti ortib borayotganini ta’kidlayapti.
LiveBarchasi