Voleybol: O‘zbekiston Osiyo chempionatida medallar uchun kurashdan chiqdi
Sport
−
13 Sentabr 2021
4565Yaponiyaning Chiba shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslariga start berildi. Musobaqada 16 ta jamoa 4 ta guruhga bo‘lingan holda bellashuvlarga kirishdi.
Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini Avstraliyaga qarshi o‘yin bilan boshladi va imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvda “Yashil qit’a” vakillari 25:16, 25:19, 25:19 hisobida zafar quchdi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa Xitoy terma jamoasi Kuvaytni 3:0 hisobida yengdi.
Ikkinchi turda esa, O‘zbekiston Xitoy volleybolchilariga qarshi kechgan bahsda 14:25, 18:25, 16:25 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Avstraliya terma jamoasi vakillari Kuvayt vakillarini 25:21, 25:14, 25:9 hisobida taslim etdi. Shu tariqa O‘zbekiston Osiyo chempionati medallari uchun kurashdan chiqdi. Kuvaytga qarshi so‘nggi tur o‘yini faqatgina rasmiyatchilik uchun o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, 2-turdan so‘ng, Avstraliya terma jamoasi 6 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. 2-o‘rindagi Xitoy hisobida ham shuncha ochko bor. O‘zbekiston vakillari esa qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, uchinchi pog‘onadan joy olgan.
LiveBarchasi