G‘azodagi sulhdan so‘ng Erdo‘g‘an arab davlatlariga yo‘l oldi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Quvayt, Qatar va Ummon davlatlariga rasmiy tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aloqalar boshqarmasi rahbari Burhonettin Duran ma’lum qildi.

NSosyal turk platformasida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, ushbu tashriflar 21, 22 va 23 oktyabr kunlari, mazkur mamlakatlar rahbarlarining taklifiga binoan amalga oshiriladi.

“Tashriflar doirasida ushbu davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlar har tomonlama ko‘rib chiqiladi va mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qadamlar muhokama qilinadi. Shuningdek, xalqaro masalalar, avvalo mintaqaviy voqealar yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Duranning qo‘shimcha qilishicha, safarlar doirasida ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlovchi qator kelishuvlarni imzolash ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Misrning Sharm-al-Shayx shahrida o‘tgan sammitda mintaqadagi boshqa rahbarlar – Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan birga G‘azo bo‘yicha tinchlik kelishuvini imzolab, uni “juda muhim imzolash marosimi” deb ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Qatar Ummon Kuvayt Rajab Toyib Erdo'g'a

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing