Dengiz chegarasidagi eski “yara” yana yangilandi

Olam

image

Ko‘rfaz davlatlari Kuvaytni Iroq bilan dengiz chegarasi bo‘yicha yangilangan bahsda qo‘llab-quvvatladi. Bag‘dod BMTga yangi koordinatalar va xarita taqdim etganidan so‘ng vaziyat keskinlashgan. Kuvayt o‘ziniki deb hisoblaydigan suv hududlariga, jumladan, Fasht al-Qaid va Fasht al-Aij qoya-toshlariga bu hujjatlar daxl qilayotganini bildirmoqda. Bu haqda “Euronews” ёзди.

Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Bahrayn va Ummon Kuvayt pozitsiyasini qo‘llab, xalqaro huquq me’yorlariga rioya etishga chaqirgan. Saudiya rasmiylari Iroq taqdim etgan ayrim koordinatalar Ar-Riyod va Kuvayt o‘rtasidagi umumiy dengiz hududiga ham tegishli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Iroq esa o‘z navbatida yangi chegara belgilari xalqaro qonunchilikka muvofiq ekanini aytmoqda. Bag‘dod, shuningdek, Kuvayt 2014 yilda BMTga xarita taqdim etganda Iroq bilan maslahatlashmaganini ham eslatgan. Nizo uzoq yillardan beri bahsli bo‘lib kelayotgan “Khor Abdullah” suv yo‘li va qo‘shma hududlar bilan ham bog‘liq.

2012 yilda navigatsiyani tartibga solish bo‘yicha kelishuv 2023 yilda Iroq Oliy sudi tomonidan bekor qilingan edi. Ko‘rfaz davlatlari muzokara va mavjud bitimlarga amal qilish orqali mintaqaviy barqarorlikni saqlash zarurligini urg‘ulamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq Bag'dod Kuvayt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing