Eng arzon iPhone qachon sotuvga chiqishi ma’lum bo‘ldi

Texnologiya

image

Keyingi iPhone mart oyida sotuvga chiqadi, model fevral oyida ommaviy yig‘ish ishlariga yo‘naltiriladi. Bu haqda xabardor manbalarga tayanib, Bloomberg ma’lum qilmoqda.

Agentlik arzon iPhone’ning chiqarilish sanasini oshkor qildi va qurilma mart oyida sotuvga chiqadi, deya hisoblamoqda. Apple tarkibidagi so‘nggi smartfon bo‘lgan iPhone SE’ning vorisini fevral oyida yig‘ish boshlanadi. Qurilma yig‘ilishi Apple pudratchilari - Hon Hai Precision Industry, Pegatron va Wistron o‘rtasida taqsimlanadi.

Bloomberg, shuningdek, ushbu devays iPhone 8 dizayniga o‘xshash - 4,7 dyuymli IPS ekrani, Touch ID’ga ega uy tugmachasi bo‘ladi degan mish-mishlarni tasdiqlagan. Qurilmada A13 faol chipi bo‘ladi. Uning boshlang‘ich narxi 399 dollarni tashkil qiladi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, qurilma chiqarilishi bilan kompaniya rivojlanayotgan bozorlarda, jumladan, Hindiston va Xitoyda iPhone sotishni rag‘batlantirmoqchi.

Asl iPhone SE 2016 yilning mart oyida sotuvga chiqqan edi. Qurilma eng yangi iPhone 5s dizayni, to‘rt dyuymli displey, 12 megapikselli kamera, NFC’ga ega bo‘lib, boshlang‘ich narxi 349 dollar deya baholangandi.

Arzon iPhone haqida birinchi mish-mishlar 2019 yilning oktyabrida paydo bo‘lgan edi. iPhone SE merosxo‘ridan tashqari, Apple 2020 yilda yana to‘rtta smartfonni chiqarishni rejalashtirmoqda. Har bir qurilma birlik OLED-displey va 5G’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Apple

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing