Endi Zimbabveda hukumatni tanqid qilganlar o‘limga hukm qilinishi mumkin

Olam

image

Zimbabve yetakchisi Emmerson Mnangagva prezidentlik saylovlari oldidan fuqarolarning hukumatni tanqid qilishiga chek qo‘yuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi. 

Aytilishicha, qonun zimbabveliklar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, “vatanparvar bo‘lmaslik” uchun o‘lim jazosiga hukm qilishni nazarda tutadi.

Shuningdek, yangi qonun bilan zimbabveliklarga hukumatni ag‘darishga chaqirish, harbiy aralashuv, iqtisodiy sanksiyalar va savdo boykotlari uchun mamlakat ichida va tashqarisida mitinglar o‘tkazish taqiqlangan. Bunday harakatlar “mamlakat suvereniteti va milliy manfaatlariga qasddan zarar yetkazish” sifatida kvalifikatsiya qilingan.

Ushbu jinoyatlarni sodir etganlar fuqarolikdan mahrum etilishi, 20 yilgacha qamoqqa olinishi va o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Ma’lumot uchuhn, Zimbabve Afrika qit’asining janubiy qismida, Viktoriya sharsharalari, Zambezi va Limpopo daryolari oralig‘ida joylashgan davlat. Janubda Janubiy Afrika, sharqda Mozambik, g‘arbda Botsvana va shimolda Zambiya bilan chegaradosh, dengizga chiqish imkoni yo‘q. Respublika tuzumidagi davlat Prezident tomonidan boshqariladi. U aholi tomonidan 6 yil muddatga saylanadi, muddatlar soni cheklanmagan. Prezident Emmerson Mnangagva 2017 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afrika Zimbabve

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing