Endi O‘zbekistonda chiqindini yoqish orqali elektr ishlab chiqariladi

Jamiyat

image

Endi Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu haqda Prezidentning kecha, 24 mart kuni qabul qilingan tegishli qarorlarida so‘z boradi.

Ushbu qarorlarga ko‘ra, mazkur hududlarda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda sohaga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etiladi.

Qayd etilishicha, investor va loyiha kompaniyalari 2025-2027 yillarda quyidagi miqdordagi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalarni ishga tushirishni ta’minlaydi, jumladan:

  • Toshkent viloyatida kuniga 2,5 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 390 million kVt elektr energiyasi;
  • Andijon viloyatida kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik qayta ishlab, 240 million kVt elektr energiyasi;
  • Qashqadaryo viloyatida kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik qayta ishlab, 240 million kVt elektr energiyasi;
  • Samarqand viloyatida 1,5 ming tonna chiqindilarni termik qayta ishlab, 240 million kVt elektr energiyasi;
  • Namangan viloyatida 1,5 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 227,5 million kVt elektr energiyasi;
  • Farg‘ona viloyatida kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 227,5 million kVt elektr energiyasi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida Xitoy kompaniyasi qiymati 120 million AQSH dollari bo‘lgan chiqindini qayta ishlash zavodi qurishni rejalashtirgani haqida xabar berilgandi. Ushbu loyihada 4 ming tonna chiqindini zararsiz yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi maishiy chiqindi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing