Namanganda 1,7 mlrd so‘mlik “svet” o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
11 mart
2848Namangan viloyatida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mas’uliyati cheklangan jamiyat fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirida Chust tumanida joylashgan “A.T.” mas’uliyati cheklangan jamiyati elektr qurilmalarini hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 703 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘lgan.
“Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etilgandi.
LiveBarchasi