Sirdaryoda 2,1 mlrd so‘mlik “tok”ni o‘g‘irlagan korxona aniqlandi 

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirida Guliston shahrida joylashgan “S. J.” MCHJning quvvati 176 kVt bo‘lgan elektr qurilmalari ulangan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 130 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida noqonuniy tashkil qilingan mayning fermada 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi MChJ Guliston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing