Buxoroda mayning ferma 2,1 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irladi
3-sahifa
−
01 mart 3563 1 daqiqa
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida noqonuniy tashkil qilingan mayning fermada 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, mas’ullar tomonidan G‘ijduvon tumanida o‘rganish olib borilgan. O‘rganish davomida shu hududda yashovchi fuqaro Sh.S.ga qarashli noturar bino ko‘zdan kechirilganda, 22 dona “Antminer L3+” rusumli mayning qurilmalar yordamida noqonuniy mayning ferma tashkil qilingani aniqlangan.
“Oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, binoni ko‘zdan kechirish vaqtida elektr ta’minotidan uzilgan holatdagi 4 dona “Whatspower P21” va 28 dona nosoz “Antminer L3+” rusumli mayning qurilmalari ham aniqlanib, tegishli tartibda olib qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etilgandi.