Qizning yalanğoç suratlarini tarqatiş bilan şantaj qilgan yigit uşlandi (video)

3-sahifa

−

image

17 yoşli qizning yalanğoç suratlarini internetda tarqatiş bilan qörqitib, undan pul talab qilgan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Farğona viloyati Boğdod tumanida yaşovçi fuqaro ijtimoiy tarmoq orqali Ğijduvon tumanida yaşovçi, 2009 yilda tuğilgan qiz bilan tanişgan. U özini Ali deb taniştirib, muloqot davomida qizning yalanğoç suratlarini qölga kiritgan. Keyin esa ularni internetda tarqatib yubormaslik uçun pul talab qilgan va qizdan 595 ming söm undirgan.

 

Gumonlanuvçi sir saqlanişi lozim bölgan ma’lumotlarni oşkor qiliş bilan qörqitib, joriy yilning 18 oktyabr kuni qizdan tanişining nomiga rasmiylaştirilgan bank kartasiga 595 ming söm ötkazdirgan.

Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanida fuqaroni şaxsiy hayotiga oid suratlar va yozişmalarini internet hamda qarindoşlariga tarqatiş bilan qörqitib, undan 9 million söm talab qilgan şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing