Prezident “svet” va gaz tariflari oshirilishini 1 maygacha kechiktirdi
Jamiyat
−
28 mart
7044O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasiga elektr energiyasi va gaz bo‘yicha yangi tariflarning kuchga kirish muddatini kechiktirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, Prezident Mirziyoyev aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini yoqilgi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida shunday topshiriq bergan.
Shuning bilan yangi tariflar avval rejalashtirilganidek 1 apreldan emas, 1 maydan kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi tegishli qaroriga ham shuni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Energetika vazirligi agar elektr va tabiiy gaz uchun to‘lov oldindan amalga oshirilsa, eski tariflar ikki oygacha amal qilishda davom etishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi