Endi o‘rtada bitim bor. U Yerevanga qanday majburiyatlar yuklaydi?
Olam
−
10 noyabr 2020
13306Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni va harbiy harakatlarni butkul to‘xtatish bo‘yicha bayonot imzolagani haqida xabar bergan edik.
Rossiya tomoni mazkur bayonotning to‘liq matnini e’lon qildi. U Kreml rasmiy saytida joylashtirildi. Unda shunday deyiladi:
"Biz, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin quyidagilarni bayon qilamiz:
1. Tog‘li Qorabog‘ mojarosi zonasida 2020 yil 10 noyabr soat 00:00 dan boshlab o‘t ochish va barcha harbiy harakatlar butkul to‘xtatilishi e’lon qilinadi. Bundan keyin tomonlar deb yuritiluvchi Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi hozir egallab turgan pozitsiyasida qoladi.
2. Agdam tumani 2020 yil 20 noyabrgacha Ozarbayjon Respublikasiga qaytariladi.
3. Tog‘li Qorabog‘dagi qarama-qarshilik chizig‘i bo‘ylab va Lochin yo‘lagi bo‘ylab Rossiyaning 1960 nafar qurollangan askari, 90 ta zirhli transport, 380 ta avtomobil va maxsus texnika vositalaridan iborat tinlikparvar kontingenti joylashtiriladi.
4. Rossiya Federatsiyasining tinchlikparvar kontingenti Armaniston qurolli kuchlarin olib chiqishi bilan parallel ravishda joylashtiriladi. Rossiya Federatsiyasining tinchlikparvar kontingenining qolish muddati 5 yil bo‘ladi, agar tomonlarning hech biri ushbu qoidani bekor qilish niyatida bo‘lmasa, muddat tugashidan 6 oy oldin kelasi 5 yillik davrga uzaytiriladi.
5. Mojaro tomonlarining kelishuvga amal qilish samaradorligini oshirish maqsadida sulhni nazorat qilish uchun tinchlikni saqlash markazi tashkil qilinadi.
6. Armaniston Respublikasi Kelbajar tumanini 2020 yil 15 noyabrgacha, Lochin tumanini 2020 yil 1 dekabrgacha Ozarbayjonga qaytaradi. Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ o‘rtasidagi aloqani ta’minlovchi Lochin yo‘lagi (5 km kenglikdagi) Shusha shahriga ta’sir ko‘rsatmaydi va Rossiya Federatsiyasining tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida bo‘ladi.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, yaqin uch yil ichida Lochin yo‘lagi bo‘ylab tog‘li Qorabog‘ va Armaniston o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan yangi yo‘lak qurish rejasi belgilanadi, keyinchalik ushbu yo‘galishni himoya qilish uchun Rossiya tinchlikparvar kuchlari qayta joylashtiriladi.
Ozarbayjon Respublikasi fuqarolar, transport vositalari va tovarlarning Lachin yo‘lagi bo‘ylab ikki yo‘nalishda harakatlanish xavfsizligini kafolatlaydi.
7. Ichki ko‘chirilgan shaxslar va qochoqlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi idorasi nazorati ostida Tog‘li Qorabog‘ hududiga va unga qo‘shni hududlarga qaytib kelmoqdalar.
8. Harbiy asirlar, garovga olinganlar va hibsga olingan boshqa shaxslar va o‘liklarning jasadlarini almashtiriladi.
9. Mintaqadagi barcha iqtisodiy va transport aloqalari qayta ochiladi. Armaniston Respublikasi har ikki yo‘nalishda ham fuqarolar, transport vositalari va tovarlarning to‘siqsiz harakatlanishini tashkil etish maqsadida Ozarbayjon Respublikasi g‘arbiy viloyatlari va Naxichevon Avtonom Respublikasi o‘rtasidagi transport aloqalarining xavfsizligini kafolatlaydi. Transport nazorati Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Chegara xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tomonlarning kelishuviga binoan, Naxichevrn avtonom respublikasini Ozarbayjonning g‘arbiy viloyatlari bilan bog‘laydigan yangi transport kommunikatsiyalari qurilishi ta’minlanadi."
Eslatib o‘tamiz, mazkur bitim imzolanishi bilan Yerevanda norozilik namoyishlari boshlandi. Odamlar bu bitimni mamlakat tarixida eng sharmandali sahifa bo‘lib qolishini ta’kidlayapti.
LiveBarchasi