Endi Ukraina Shvetsiya qurollari bilan ham Rossiya hududiga hujum qilishi mumkin

Olam

image

Shvetsiya Kiyevga o‘zi tomonidan yuborilgan qurollardan foydalangan holda Rossiya hududiga zarbalar berilishiga qarshi emas. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Pol Yonson ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Rossiya hududiga hujumlari xalqaro huquq normalariga mos keladi.

“Xalqaro huquqqa ko‘ra, Ukraina, agar harbiy harakatlar urush qonunlari va urf-odatlariga mos kelsa, dushman hududiga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazish orqali o‘zini himoya qilish huquqiga ega”, deya ta’kidlaydi Yonson. 

Shu bilan birga, Shvetsiya Mudofaa vaziri Stokgolm xalqaro huquq va Ukrainaning o‘zini himoya qilish huquqini hurmat qilishini ta’kidladi.

Shvetsiya birmuncha vaqt oldin Kiyevga Shimoliy Atlantika alyansining eng yaxshi o‘ziyurar qurollaridan biri hisoblangan ko‘p sonli Archer artilleriya birliklarini topshirgan edi. Bu qurollar yordamida Ukraina Qurolli kuchlari nafaqat Xerson, balki Zaporoje viloyatlaridagi Rossiya qo‘shinlari pozitsiyalariga ham zarba bergan.

Ushbu qurolning tezligi va manyovr qobiliyati ekipajlarga o‘qqa tutish joylarini tezda o‘zgartirishga imkon beradi, bu esa Rossiya Qurolli kuchlariga qarshi batareya urushini olib borishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, Shvetsiya Ukrainaga katta miqdordagi 155 mm artilleriya o‘q-dorilarini o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 may kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Bolgariyaga tashrifi chog‘ida butun dunyo hukumatlari Ukrainaning Rossiya ichidagi rus qo‘shinlariga hujum qilish uchun G‘arb qurollaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiqlarni qayta ko‘rib chiqishi kerakligini va bu cheklovlar Ukraina qo‘shinlarining o‘z mamlakatini himoya qilish qobiliyatini pasaytirayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya qurol Ukraina Shvetsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made