Endi o‘qituvchilar mobil aloqaning imtiyozli tarifidan foydalanishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va UMS mobil aloqa operatori o‘rtasida xalq ta’limi tizimi ishchilariga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik Kelishuvi imzolandi. Bu haqda XTV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Kelishuvning maqsadi – xalq ta’limi xodimlari kasbiy vazifasini bajarishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda ularning zamonaviy pedagogik texnologiyalar, sifatli mobil aloqa va Internetdan foydalanishlarini yaxshilashdan iborat. Buning uchun UMS kompaniyasi ikkita “O‘qituvchi” imtiyozli tarif rejalarini ishlab chiqqani aytilmoqda.

“Biz vazirlik bilan ko‘plab o‘zaro manfaatli masalalar, shu jumladan, XTV tizimi xizmatchilari uchun qulayliklar yaratish borasida ish olib bordik. Shunday tarzda imtiyozli tarif rejalari ishlab chiqildi”, deydi mobil aloqa operatori vakili. 

“O‘qituvchi” tarif rejalariga ulanish ixtiyoriy bo‘lib, buning uchun abonent pasporti asl nusxasi hamda u xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borishini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma yoki buyruqdan ko‘chirma) talab etiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda bugungi kunga kelib jami 9691 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi mavjud bo‘lib, ularda 444 788 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Bulardan 311 151 nafarini ayol, 131 253 nafari erkak o‘qituvchilar tashkil etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xalq ta'limi vazirligi Mobil aloqa operatori

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing