Endi u v.v.b. emas!

Jamiyat

image

Avvalroq, Yoshlar ittifoqi raisi lavozimidan faoliyat yuritib kelayotgan Qahramon Quronboyev lavozimini tark etgani, ittifoq raisi lavozimini esa vaqtincha vazifasini bajarauvchi sifatida rais o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Alisher Sa’dullayev egallagani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Alisher Sa’udllayev rasman Yoshlar ittifoqi raisi lavozimiga saylangan. 

Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi a’zolari Alisher Sa’dullayevni rais lavozimiga tayinlashga ovoz berganlar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 29 avgust kuni imzolagan farmoni bilan Alisher Zafar o‘g‘li Sa’dullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Alisher Sa’dullayev 1994 yil Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 2017 yilda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tamomlagan. 

2017 yilda “RESULT” o‘quv markazi rahbari;

2017-2018 yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari;

2018 yildan  2019 yilning avgust oyigacha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Sa'dullaev

Baholaganlar

196

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing