Abdulla Aripov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi
Sport
−
04 Oktabr
7992O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakat shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
2022 yildan hozirgacha mazkur lavozimda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishlab kelayotgandi. U endilikda federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi.
Sa’dullayev qo‘l ostida O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida erkaklar o‘rtasida uchinchi, ayollar o‘rtasida esa 12-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Sa’dullayev Amerikada faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova yana o‘z yurtiga qaytishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi