Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston safiga qaytishi mumkin – Alisher Sa’dullayev

Sport

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari ayollar jamoasi safida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida sovrindor bo‘lgan asli o‘zbekistonlik grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova kelgusida yana O‘zbekiston jamoasi safiga qaytishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

“Gulruhbegimning o‘ziga ham, yaqinlariga ham O‘zbekistonga qaytish taklifini berganmiz. Albatta, uning yurtga qaytish niyati bor, deb o‘ylayman. Gulruhbegim O‘zbekistonga kerak, chunki uning yaxshi salohiyati bor. U 2026 yilda O‘zbekiston safida Olimpiadada ishtirok etsa, juda xursand bo‘lardik”, deydi Sa’dullayev.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Tohirjonova Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 8-turida 1-taxtada O‘zbekiston ayollar jamoasi vakili Afruza Hamdamovaga qarshi o‘yinda ishtirok etishni istamagandi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Alisher Sa'dullaev Gulruhbegim Tohirjonova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing