JCHda qatnashyotgan o‘zbekistonlik futbolchilarni sport tashkilotlari qo‘llab-quvvatlamayapti

Sport

image

Ayni kunlarda Italiyaning Milan shahrida futbol bo‘yicha media jamoalar o‘rtasida Jahon chempionati sifatida tan olinadigan “King's League” musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Musobqada ishtirok etayogan O‘zbekiston media jamoasi kecha, 7 yanvar kuni Peru jamoasini dramatik tarzda kechgan bahsda mag‘lub etib, chempionatning chorak finaliga yo‘l oldi.

QALAMPIR.UZ'ga ma’lum bo‘lishicha “Anvonted boys” yigitlaridan iborat jamoani Jahon chempionatidagi ishtiroki uchun O‘zbekistondagi hech qaysi sport tashkiloti qo‘llab-quvvatlamagan. Tabiiyki, Jahon chempionatiga borib-kelish, mehmonxona va boshqa jihatlar yaxshigina xarajat keltirib chiqaradi, JCHda ishtirok etayotgan yigitlar esa barcha chiqimlarni o‘z bo‘yinlariga olib, mundialga yo‘l olgan.

Jamoa rahbari Islom Abdujabborovning aytishicha, faqatgina Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev tomonidan Abdujabborovning O‘zbekistondagi to‘lovlari bilan bog‘liq ayrim muammolar bo‘yicha amaliy yordam berilgan.

Ma’lumot uchun, bugun, 8 yanvar kuni O‘zbekiston media futbol terma jamoasi Jahon chempionati chorak finali doirasida Kolumbiya bilan bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Alisher Sa'dullaev Islom Abdujabborov Anvonted boys

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing