Endi tax free naqd pulda ham qaytariladi
Jamiyat
−
20 noyabr 1007 2 daqiqa
Endilikda xorijiy mamlakatlar fuqarolari tomonidan O‘zbekistondan xarid qilingan tovarlar uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i (tax free) naqd pulda ham qaytariladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 20 noyabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z borgan.
Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 fevraldan boshlab chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish ularning xohishiga ko‘ra naqd pul shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Qolaversa, 2026 yil 1 martdan boshlab Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
• Turistik startaplarni – yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha loyihalarga subsidiyalar ajratiladi;
• mehmonxonalarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda nazarda tutilgan xalqaro e’tirof etilgan “yashil” sertifikatlarni olish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;
• 2026 yil 1 apreldan boshlab xalqaro konferensiyalar va tadbirlarni (MICE turizm) tashkil qilib, unga kamida 100 nafar chet ellik turistni jalb qilgan tadbirkorlik sub’ektlariga ushbu tadbirlarni tashkil qilishda ular tomonidan to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarining 50 foizini qaytarish tartibi joriy etiladi.
Live
Barchasi