Endi Tapalesga boshqacha taktika qo‘llayman – Ahmadaliyev (video)

Sport

image

Bir necha kun oldin AQSHning Arizona shtatida meksikalik Kevin Gonsalesga qarshi eliminator jangida qatnashib, muddatidan avval g‘alabaga erishgan o‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev Toshkentga qaytdi.

Ahmadaliyev 19 dekabr kuni soat 02:00 dan o‘tib Toshkent xalqaro aeroportida yaqinlari, o‘zbekistonlik taniqli bokschilar va OAV tomonidan qarshi olindi. Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari To‘lqin Qilichev va Rahmatjon Ro‘ziohunov, professional bokschilar Bahodir Jalolov, Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimovlar Ahmadaliyevni erishilgan g‘alaba bilan tabrikladi. 

“26 dekabr kuni Tapales va Inoue jang qiladi. Yutgan bokschiga qarshi 4  ta kamar uchun jang qilaman. Mabodo Tapalesga qarshi jang qiladigan bo‘lsam, endi unga qarshi boshqacha tayyorgarlik va taktika qo‘llayman”, deydi Ahmadaliyev.

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev profboksda 13 ta jang o‘tkazib, 12 ta bahsda g‘alabaga erishgan. 1 ta jangda esa filippinlik Marlon Tapalesga imkoniyatni boy berib, o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF kamarlarini boy berib qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Isroil Madrimov Bahodir Jalolov Murodjon Ahmadaliev To'lqin Qilichev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made