Endi navbat Niderlandiyaga. Kiyev Amsterdam bilan ham harbiy yordam bo‘yicha kelishuvga erishdi

Olam

image

Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte kecha, 1 mart kuni Xarkovda Ukraina hukumati bilan Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Ukraina rahbari Vadimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida o‘rtoqlashdi.

Hujjatda Niderlandiyadan Ukrainaga joriy yilda 2 milliard yevro miqdoridagi harbiy yordam, shuningdek, keyingi o‘n yil ichida mudofaa sohasiga ko‘proq yordam berilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, Bosh vazir Ukraina havo kuchlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan holda havo hujumidan mudofaa, artilleriya va uzoq masofaga uchish qobiliyatini yaxshilashga ustuvor ahamiyat bergan.

Bitim Niderlandiyaning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kuchaytirish, Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplash va tajovuzkorni javobgarlikka tortish borasidagi prinsipial pozitsiyasini rasmiylashtirgan.

Hujjatga ko‘ra, rasmiy Amsterdam ham Ukrainaning kelgusida YeI va NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlik va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida Britaniya Kiyev bilan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risida bitim tuzgan ilk davlat bo‘lgan. 16-17 fevral kunlari Zelenskiy Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan ham xavfsizlik majburiyatlari va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzoladi. 24 fevral kuni urushning 2 yilligida G‘arb yetakchilari Kiyevga to‘plangani munosabati bilan Kanada va Italiya hukumatlari Ukraina bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Niderlandiya harbiy yordam Mark Ryutte Xar'kov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing