Ukraina dronlari Boşqirdistondagi eng yirik neft zavodiga hujum qildi
Olam
−
16:25 417 2 daqiqa
Ukraina dronlari Rossiyaning Boşqirdiston Respublikasi poytaxti Ufa şahridagi nefni qayta işlaş zavodiga hujum qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilişiça, mahalliy aholi bugun, 31 oktyabrga ötar keçasi tunda portlaş ovozlarini eşitgani, şahar osmonida esa tutun ustunlari paydo bölganini bildirgan. Rossiyaning “Astra” naşri guvohlar olgan suratlarni örganib, yonğin “Başneft-Novoil” zavodida çiqqanini taxmin qilgan. Ukrainaning monitoring kanali esa mahalliy aholiga tayanib, hujumda ikkita neftni qayta işlaş zavodi nişonga olingan bölişi mumkinligini yozgan.
Ma’lumot uçun, Ufadagi “Başneft-Novoil”, “Başneft-UNPZ” va “Başneft-Ufaneftexim” korxonalari Ufa neftni qayta işlaş majmuasini taşkil etadi. U Rossiyadagi eng yirik majmualardan biri bölib, “Rosneft“ kompaniyasi tarkibiga kiradi. Uşbu zavodlar avval ham Ukraina dronlari hujumiga uçragan.
Mahalliy hokimiyat hujum va uning oqibatlari haqida hozirça ma’lumot bermagan. Tunda dronlar hujumi xavfi sababli Boşqirdistonda havo trevogasi e’lon qilingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi bugun, 31 oktyabrga ötar keçasi mamlakat hududlari, jumladan, Boşqirdiston osmonida Ukrainaning 433 ta droni urib tuşirilgani va tutib qolinganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uçun, keça, 30 oktyabr kuni Ukraina ikki haftalik tanaffusdan söng Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga hujumlarni qayta boşlagan. Rossiya Boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak hujumlar oqibatida uçta neftni qayta işlaş zavodi va bitta gaz-kimyo majmuasi zararlanganini bildirgan. Biroq u qaysi korxonalar hujumga uçraganiga aniqlik kiritmagan. Monitoring kanallari Samara viloyatidagi Novokuybişevsk neftni qayta işlaş zavodiga ham hujum qilinganini xabar qilgan.
Eslatib ötamiz, Rossiya harbiylari bugun, 31 oktyabrga ötar keçasi dronlar yordamida Kiyevdagi 6-issiqlik elektr markaziga (IEM-6) zarba bergani haqida xabar berilgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi mazkur ob’ekt harbiy logistika inşootlari hamda qurol-yaroğ va harbiy texnika saqlanadigan joylarni elektr energiyasi bilan ta’minlaganini bildirgan.
Live
Barchasi