Zelenskiy Makron bilan shartnoma tuzdi (video)
Olam
−
17 fevral
6500Myunxendan Parijga yo‘l olgan Zelenskiy Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni imzoladi. Bu haqda Ukraina rahbari o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi.
Zelenskiyga ko‘ra, bu hujjat favqulodda holatlarda Ukrainaning Fransiya tomonidan so‘zsiz qo‘llab-quvvatlanishini tasdiqlaydi. Fransiya 2024 yilda Ukrainaga 3 milliard yevro miqdorida harbiy yordam bergan va kelgusi o‘n yil davomida Ukrainani qo‘llashda davom etadi.
Makron esa ushbu hujjatning imzolanishi Ukrainaga bo‘lgan sodiqlik masalasi ekanini aytgan.
“Bu bizning Ukrainani uzoq muddatli ko‘makka bo‘lgan qat’iyatimiz dalolatidir”, degan u.
Qayd etilishicha, bitim Fransiyaning Ukraina oldidagi xavfsizlik bo‘yicha asosiy majburiyatlarini mustahkamlaydi va harbiy, siyosiy, moliyaviy va gumanitar sohalarda xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi.
Zelenskiy so‘zi yakunida fransuz Hukumatiga va butun Fransiya xalqiga minnatdorlik bildirgan.
"Men Hukumatga va butun Fransiya xalqiga Ukrainani kuchli qo‘llab-quvvatlagani, erkinlik tarafida bo‘lgani uchun minnatdorlik bildiraman!", degan 46 yoshli Ukraina rahbari.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 fevral kuni Zelenskiy Germaniya kansleri Olaf Shols bilan xavfsizlik majburiyatlari va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolagan edi.
LiveBarchasi