Endi liftlar majburan dispetcherlik xizmatiga ulanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “Sanoat elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanishda aholi xavfsizligini ta’minlash hamda ushbu mahsulotlar ustidan sifat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasini muhokama qo‘ydi. Ushbu qaror normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga joylandi.

Unga ko‘ra, davlat standartlari va xavfsizlik talablariga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida respublikada ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan lift, eskalator va travolatorlarga bir qator talablar qo‘yildi. Jumladan, endi lift, eskalator, travolator, sanoat havo sovitish va isitish qozonlari muvofiqlik sertifikatisiz o‘rnatilmaydi. Shuningdek, ko‘p qavatli binolarda liftlar qabul qilib olishdan avval majburiy tartibda dispetcherlik xizmatiga ulanadi. Ushbu xizmatning faoliyati esa Qurilish vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.

“O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi respublikaning barcha hududlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari huzurida liftlarni monitoring qilish bo‘yicha dispetcherlik xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etsin va doimiy faoliyat yuritishini ta’minlasin”, deyiladi qarorda.

Ma’lumot uchun, qonun loyihasi rasmiy portalda https://lotin.uz/ 20 sentyabrga qadar muhokamaga qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari ushbu sanaga qadar portalning “So‘rovnoma” bo‘limida testlarni to‘ldirib, ovoz berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ayol elektr o‘chgani sababli liftda qamalib, vafot etdi. Keyinroq ushbu ish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 4 avgust kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 43-yalpi majlisida liftlar masalasi ko‘tarildi.
 

 


Maqola muallifi

Teglar

qonun loyiha liftlar dispetcherlik xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made