Endi qatarliklar O‘zbekistonga vizasiz kela oladi

Olam

image

O‘zbekistonda Qatar fuqarolariga vizasiz rejim joriy qilinadi. Bu bo‘yicha bugun, 5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatar davlati fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Qatar davlati fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.

Fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilinadigan mamlakatlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali to‘liq tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 iyun kuni Qatar davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

viza O'zbekiston Qatar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing