Endi qarg‘ish uchun ham javobgarlik belgilanyaptimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “qarg‘ish uchun ham javobgarlik belgilanmoqda” mazmunidagi xabarlar tarqalib, go‘yoki Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga tegishli havola ham keltirib  o‘tildi. Ammo Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva bu xabarlarni rad etdi. Bu haqda u o‘zining  Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu mazmundagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarilmagan”, deydi O‘rinboyeva.

Uning qayd etishicha, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga joylashtirilgan loyihalarga tizim tomonidan avtomatik ravishda tegishli identifikatsiya (ID) raqami beriladi va ushbu ID raqam havolada aks etadi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi”ni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga tizim tomonidan 83183 ID raqami berilgan va bu tegishli havolada ham aks etgan (regulation.gov.uz/oz/d/83183).

“Ijtimoiy tarmoq kanallari yurituvchilaridan yolg‘on va noxolis, tekshirilmagan axborotlarni jamoatchilikka tarqatish orqali fuqarolarimizda turli xil tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, deydi matbuot kotib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda avtomobillarni agressiv boshqargan, drift va shahmat shaklida harakatlanganlarga nisbatan ham javobgarlik belgilanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

javobgarlik qarg'ish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing