“Layk” uchun qilingan huquqbuzarliklarga javobgarlik belgilanishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda endi ijtimoiy tarmoqlarda “layk” to‘plash maqsadida qilingan huquqbuzarlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilingan.

Ushbu qonun loyihasi bilan ayrim turdagi huquqbuzarliklar, jumladan, telekommunikatsiya hamda ijtimoiy tarmoqlarda uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, obunachi ko‘paytirish maqsadida huquqbuzarliklarni sodir etib, uni tasvirga tushirgan holda internetda tarqatish, haqoratomuz shilqimlik qilish va jamoat tartibini buzuvchi boshqa shu kabi harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi aytilgan. Loyiha fraksiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon mamlakat Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda “layk” yoki boshqa belgilar (emoji) bosganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qonun javobgarlik huquqbuzarlik Layk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing