Özbekistonda “kriminogen barqarorlik indeksi” joriy etiladi

Jamiyat

−

image

Özbekistonda ilk bor aholining xavfsizlik hissi va yaşirin jinoyatçilik körsatkiçlarini ham inobatga oladigan “kriminogen barqarorlik indeksi”ni şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan huquqbuzarliklar profilaktikasini zamon talablari asosida takomillaştiriş yuzasidan taqdimotda söz boradi.

Qayd etilişiça, hududlarda xavfsizlik infratuzilmasi kengaytirilib, 263 mingta tanib oluvçi kamera, 70 mingta zamonaviy domofon va 22 mingta taşviş tugmasi örnatildi. Ijtimoiy profilaktika çoralari orqali 2,1 million nafar şaxsning muammolari manzilli hal etilgan. Natijada kriminogen vaziyati eng oğir bölgan 809 ta mahallaning 701 tasi uşbu toifadan çiqarilgan. Qariyb 4,4 mingta mahalla “yaşil” toifada qolmoqda.

2014 yilda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi qonunga ötgan davrda 20 dan ortiq özgartiriş kiritilgan bölsa-da, uning ayrim normalari bugungi talablarga javob bermay qolgan. Şu munosabat bilan taqdimotda mazkur qonunni yangi tahrirda qabul qiliş böyiça işlab çiqilgan takliflar körib çiqilgan.

Davlat rahbari yangi qonun huquqbuzarlik sodir etilgandan keyin çora körişga asoslangan yondaşuvdan xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş va bartaraf etişga qaratilgan proaktiv profilaktika modeliga ötişni ta’minlaşi zarurligini ta’kidlagan.

Bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan 14 ta davlat idorasi şuğullanayotgan bölsa-da, ularning vazifalari ayrim hollarda takrorlanmoqda, vakolatlari aniq çegaralanmagan. Taqdimotda profilaktika sub’ektlari doirasini yana 7 taga kengaytiriş taklif qilingan.

Prezident bu taklifning maqsadga muvofiqligini aniq asoslaş, eng avvalo, har bir idoraning vazifasi, vakolati va javobgarligini belgilaş, ular örtasida samarali hamkorlikni ta’minlaş muhimligini qayd etgan.

Şuningdek, yangi tahrirdagi qonun loyihasida Huquqbuzarliklar profilaktikasi komissiyasining vakolatlarini qonun darajasida belgilaş nazarda tutilmoqda. Bunda davlat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, profilaktika çoralarining samaradorligini baholaş va monitoring qiliş mexanizmlarini mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratilgan.

Qonun loyihasida ilk bor profilaktikaning yangi yönalişlarini belgilaş, xususan, giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlar, kiberjinoyatçilik, uyuşgan jinoyatçilik, yaşirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarşi kuraşişda preventiv çoralarni kuçaytiriş nazarda tutilmoqda.

Qolaversa, ijtimoiy va viktimologik profilaktika mexanizmlarini takomillaştiriş, ta’lim muassasalarini profilaktika tadbirlari bilan keng qamrab oliş, jinoyatdan jabrlangan fuqarolarning xavfsizligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlaş böyiça yangi normalar ilgari surilgan.

Bunda jinoyatdan jabrlanganlar va guvohlarning hayoti, soğliği hamda mol-mulkiga tahdid yuzaga kelganda ularning xavfsizligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşişda kömaklaşgan fuqarolarni rağbatlantiriş közda tutilmoqda. Şu bilan birga, huquqbuzarliklarni keltirib çiqaruvçi sabablarni bartaraf etiş yuzasidan majburiy profilaktik körsatma berişning huquqiy asoslarini belgilaş taklif qilinmoqda.

Taqdimotda kriminogen vaziyatni baholaş va huquqbuzarliklarning oldini oliş çoralari samaradorligini nazorat qiliş tizimini takomillaştiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Qayd etilişiça, hozirgi baholaş usullari asosan statistik ma’lumotlarga tayanadi. Jinoyatçilikka ta’sir qiluvçi ijtimoiy-iqtisodiy omillar yetarliça tahlil qilinmaydi, mavjud axborot tizimlari özaro töliq integratsiyalaşmagan.

Şu bois, kriminogen vaziyatni baholaşning yangi modelini joriy etiş taklif qilingan. Unga köra, ilk bor aholining xavfsizlik hissi va yaşirin jinoyatçilik körsatkiçlarini ham inobatga oladigan “kriminogen barqarorlik indeksi”ni şakllantiriş közda tutilmoqda.

Buning uçun davlat idoralarining axborot resurslarini birlaştiradigan yagona kriminogen ma’lumotlar platformasini işga tuşiriş, sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida jinoyatçilik xavflarini tahlil qiliş va prognozlaş, kriminogen xaritalarni şakllantiriş rejalaştirilmoqda.

Mazkur mexanizmlar orqali hudud va mahallalardagi kriminogen vaziyat muntazam baholanib, xavf darajasiga qarab manzilli profilaktika çoralari belgilanadi. Mas’ul idoralar faoliyati natijadorlik körsatkiçlari asosida baholanadi, muammolarni hal etiş yuzasidan ta’sirçan nazorat örnatiladi.

Davlat rahbari huquqbuzarliklar profilaktikasi faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vazifasi bölib qolmasdan, barça mas’ul idoralar, mahalla va jamoatçilikning hamjihatlikdagi faoliyatiga asoslanişi kerakligini ta’kidlagan.

Har bir mahallada xavfsiz muhit yaratiş, huquqbuzarliklarni keltirib çiqarayotgan omillarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş, fuqarolar osoyiştaligini işonçli ta’minlaş ustuvor vazifa ekani körsatib ötilgan.

Taqdimot yakunida mutasaddilarga qonun loyihasini bildirilgan fikr-mulohazalar asosida takomillaştiriş, profilaktika sub’ektlarining vazifa va vakolatlarini aniq belgilaş, raqamli tahlil va monitoring mexanizmlarini joriy etiş böyiça topşiriqlar berilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing