Kameralar orqali qayd etiladigan huquqbuzarliklar ro‘yxati belgilandi
Jamiyat
−
05 fevral 5864 1 daqiqa
O‘zbekistonda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlanadigan ma’muriy huquqbuzarliklarning qat’iy ro‘yxati belgilandi. Bu haqda kecha, 4 fevral kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 1116-sonli qonuni bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda so‘z boradi.
Unga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali quyidagi ma’muriy huquqbuzarliklar qayd etiladi, jumladan:
- xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik;
- transportni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish;
- belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kmdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish;
- to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi va boshqalar.
- Shuningdek, mazkur huquqbuzarliklar uchun jazo qo‘llash muddatlari aniq belgilandi.
Yo‘l qoidalari buzilganligi foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilganda, ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay qo‘llanadi.
Ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda esa huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran 1 yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yil 1 fevraldan boshlab haydovchilik guvohnomasini olishda nazariy darslarda qatnashish talabi bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi