Endi hayvonlarni tashlab ketganlar jazolanadi. Qozog‘istonda!

Olam

image

Qozog‘istonda hayvonlarga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan va Majilisga qayta ishlash uchun yuborilgan o‘zgartirishlar hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni, shuningdek, uy hayvonlarini ko‘chaga tashlab ketadigan egalariga nisbatan ma’muriy javobgarlikni nazarda tutadi. Bu haqda Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Nurken Sharbiyev Senat kuluarlarida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 407-1-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bo‘yicha jarimalarni jismoniy shaxslar uchun 5 dan 30 MHK (minimal hisoblash ko‘rsatkichi – 1 MHK taqriban 113 ming so‘m)gacha, mansabdor shaxslar uchun esa 10 dan 50 MHKgacha oshirish taklif etilmoqda. Huquqbuzarlik takroran sodir etilganda – jismoniy shaxslar uchun 20 dan 50 MHKgacha va mansabdor shaxslar uchun 40 dan 100 MHKgacha, ya’ni jarimalar 2,5 baravargacha oshadi.

Alohida tartibda hayvonlarni tutish, pitomniklarda saqlash va sayr qildirish qoidalarini buzganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda:

  • Jismoniy shaxslar uchun: jarima 10 dan 15 MHKgacha oshadi;
  • Mansabdor shaxslar uchun: 20 dan 30 MHKgacha;
  • Yuridik shaxslar uchun: 30 dan 40 MHKgacha.

Yil davomida takroriy qoidabuzarliklar uchun jarimalar yanada yuqori bo‘ladi: jismoniy shaxslar uchun 30 MHK, mansabdor shaxslar uchun 60 MHK va yuridik shaxslar uchun 80 MHK.

Bundan tashqari, hayvonni boshpanaga topshirgunga qadar undan voz kechish, ya’ni ko‘chaga tashlab yuborish uchun yangi ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda.

“Oddiy qilib aytganda, agar kimdir hayvonni ko‘chaga uloqtirsa, jismoniy shaxslarga 30 MHK (takroran 60 MHK), mansabdor shaxslarga 50 MHK (takroran 100 MHK) va yuridik shaxslarga 100 MHK (takroran 200 MHK) miqdorida jarima solinadi”, deydi Sharbiyev.

Shuningdek, hayvonlarni saqlash va sayr qildirish qoidalarini buzish oqibatida jismoniy shaxslarning sog‘lig‘iga yoki mulkiga zarar yetkazilganlik uchun ham javobgarlik taklif etilmoqda. Buning uchun jarimalar jismoniy shaxslarga 100 dan 150 MHKgacha, mansabdor shaxslarga 150 dan 200 MHKgacha, yuridik shaxslarga esa 200 dan 400 MHKgachani tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston jarima javobgarlik hayvon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing