Endi iPhone orqali qo‘shimcha vositalarsiz to‘lov qilish mumkin
Texnologiya
−
25 iyul 2023
2503Apple iPhone'lar orqali amalga oshirilgan savdo uchun qo‘shimcha uskunalarsiz to‘lov qilish imkoniyatini beruvchi ilovani yaratdi. Bu haqda "Retail Loyalty" nashri ma’lum qildi.
Ushbu amaliyot hozircha Buyuk Britaniyada yo‘lga qo‘yilgan. Bunda savdo korxonalari qo‘shimcha uskunalardan foydalanmasdan iPhone orqali to‘lovlarni qabul qilishi mumkin.
“Yangi imkoniyat millionlab foydalanuvchilarga – kichik biznesdan tortib, yirik chakana savdo tarmoqlarigacha – iPhone'dan foydalanib, savdoni muammosiz va xavfsiz amalga oshirish imkonini beradi. Bunda kredit va debet kartalari yoki boshqa raqamli hamyonlarsiz, faqat iPhone va hamkor tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan iOS ilovasidan foydalaniladi”, deyiladi Apple bayonotida.
Revolut va Tyl by NatWest mijozlariga iPhone'dan to‘lash xizmatini taklif qiladigan birinchi to‘lov platformalaridir. Yaqin kelajakda Adyen, Dojo, myPOS, Stripe, SumUp, Viva Wallet, Worldline va Zettle kabi to‘lov usullari ham ushbu ro‘yxatga qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, kelgusi haftalarda iPhone'da "to‘lash" xususiyati Buyuk Britaniyadagi Apple do‘konlarida ham paydo bo‘ladi. Keyinchalik esa ushbu xizmat butun dunyo bo‘ylab amaliyotga joriy etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Apple shu oy boshida Iphone 15 seriyasining 4 ta modeli sentyabr oyida sotuvga chiqarilishini e’lon qildi. Ushbu seriyaning iPhone 15 Pro Max rusumi Apple taqdim etgan eng qimmat smartfon bo‘lishi kutilmoqda.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr